“Yangi Toshkent” massividagi qurilish tashkilotlari keng koʻlamli ishga qabul qilish jarayonini boshladi
2025-02-11 20:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi masʼul xodimlari “Yangi Toshkent” massividagi qurilish tashkilotlari mutasaddilari bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuvdan maqsad, “Yangi Toshkent” massividagi keng koʻlamli qurilish jarayonlariga xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni jalb qilish koʻzda tutilgan.
Vazirlik tomonidan tashkil etilayotgan call-markaz orqali xorijda qurilish sohasida mehnat qilayotgan mamlakatimiz fuqarolari ish beruvchilar bilan bogʻlanish hamda zarur maʼlumotlarni olish imkoniga ega boʻladi.
“Yangi Toshkent” massividagi qurilish tashkilotlari bugungi kunda qariyb 4 mingta boʻsh ish oʻrnini taklif etmoqda. Bundan tashqari, yangi loyihalarning ishga tushirilishi hisobiga qurilish sohasi ishchilariga talab tobora ortib boradi.


