KASBIY KO‘NIKMALAR MARKAZIDA 12 TA YANGI KASB YOʻNALISHLARI BOʻYICHA OʻQUV KURSLARI TASHKIL ETILADI
2025-01-21 15:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining kasbiy koʻnikmalar markazlarida:
📚2025-yil 1-fevraldan boshlab ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambagʻal oilalar aʼzolarini mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan manzilli oʻqitish tizimi joriy etiladi;
💻2025-yil 1-martdan boshlab aholini kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash jarayonlarini raqamli nazorat qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
2025-yil 1-apreldan boshlab 12 ta yangi kasb yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi.
