Davlat dasturi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi
2025-01-09 10:50:00 / Vazirlik yangiliklari
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident farmoni loyihalari keng jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.

Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yoʻnalish bo'yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati va maqsadli koʻrsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Loyiha 22-yanvargacga keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.
Takliflarni uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirish mumkin.
Asosiy körsatgiçlar va statistik ma’lumotlarBandlikDavlat tomonidan tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşGender tenglikKambağallikni qisqartirişKasbga öqitiş va qayta tayyorlaşKorrupsiyaga qarşi kuraşMehnat inspeksiyasiMehnatni muhofaza qilişMehnat va mehnatga haq tölaşMonopoliyaga qarşi komplaens xizmatiXalqaro hamkorlikYoşlar siyosati
