Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi delegatsiyasi Turkiyada
2024-12-24 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Vazir B. Zohidov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Adana va Osmanli viloyatlarida bo‘lib, u yerdagi kooperatsiya asosida parrandachilikni rivojlantirish va bu orqali aholini daromadli qilish tajribasi bilan tanishdilar.
Tajriba almashish asnosida Turkiyaning "Şenpiliç" korxonasi hamda “Mikrokreditbank” ATB hamkorligida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidagi Yangi hayot, O‘zbekiston, Baxmalsoy va Farovon mahallalarida parrandachilik sohasini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va parrandachilik xo‘jaliklarini tashkil etish rejalashtirildi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, 2025-yilda yurtimizga manfaat keltiradigan investitsiyalarni jalb qilgan holda yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag'allikni qisqartirish va xalqimizning farovonligini oshirishdir.
✍️ Davlatimiz rahbarining Sayxunobod tumaniga tashrifi chog'ida hududda 4 ta yirik parrandachilik kompleksi tashkil etish hamda 2 ming xonadon bilan kooperatsiya yo'lga qo'yish vazifasi yuklatilgan edi.



