25-noyabr - Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni
2024-11-25 16:35:00 / Vazirlik yangiliklari
BMT Bosh Assambleyasining 1999-yildagi tegishli rezolyusiyasiga binoan “25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni” sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida “Biz zoʻravonllikka qarshimiz” shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari Raʼno Turdiboyeva hamda vazirlikning Yuridik ta'minlash boʻlimi boshligʻi Shoira Umarova soʻzga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy zoʻravonliklarning oldini olish, farovon va baxtli hayotni taʼminlash ustuvor masalalardan ekanligini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun: 25-noyabrdan boshlab Toshkentda Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Zoʻravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” global kampaniyasi boshlandi.