"Kambag‘allikni aniqlash hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha iqtisodiyotning o‘zgarishiga qarab, yangi yondashuvlar joriy etiladi", - Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov.
2024-10-21 10:50:00 / Vazirlik yangiliklari
Bu haqda vazir «Ijtimoiy xizmatlarning kambag‘allikni qisqartirishdagi o‘rni: Barqaror rivojlanish sari yo‘l» mavzusidagi xalqaro davra suhbatidagi maruzasida aytib o‘tdi.
Minimal iste’mol xarajatlarini hisoblashning amaldagi usulida kambag‘al aholining turmushida pul bilan aks etmaydigan ko‘rsatkichlari to‘liq inobatga olinmaydi.
Shundan kelib chiqib, 2025 yilda ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni aniqlash mezonining yangi tizimi joriy etiladi.
Bunda, kambag‘allik faqatgina daromad yoki iste’mol bilan belgilanmaydi, balki, ta’lim, tibbiy xizmat va fuqarolarning boshqa kundalik hayotiga ta’sir qiladigan mezonlar qamrab olinadi.