Endi dalada ham raqamli texnologiyalar mutaxassislari işlaydi!
2026-11-13 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
#Kelajak_kasblari
Bugun qişloq xöjaligi faqat an’anaviy dehqonçilik bilan çeklanmaydi. Sun’iy intellekt, dronlar, aqlli sensorlar va sun’iy yöldoş texnologiyalari sohaga yangi imkoniyatlar olib kirmoqda.
AgriTeç mutaxassisi kim?
AgriTeç mutaxassisi — qişloq xöjaligida raqamli texnologiyalarni joriy etiş, ekinlarni kuzatiş, hosildorlikni tahlil qiliş hamda suv va boşqa resurslardan samarali foydalanişni ta’minlaş bilan şuğullanuvçi mutaxassis.
Nega bu kasb istiqbolli?
Özbekistonda qişloq xöjaligini raqamlaştiriş va "aqlli qişloq xöjaligi" texnologiyalarini joriy etiş kengayib borayotgani sababli uşbu soha mutaxassislariga talab ortib bormoqda.
Kimlar uçun mos?
- IT va dasturlaşga qiziquvçilar;
- agronomiya va qişloq xöjaligiga qiziqadiganlar;
- zamonaviy texnologiyalar va ma’lumotlar tahlili bilan işlaşni istovçilar..
Kelajak fermeri nafaqat dalada mehnat qiladi, balki dron, planşet va sun’iy intellekt yordamida ham hosil yetiştiradi!
