“Kadrlarning korrupsiya illatiga qarşi xulq-atvorini şakllantiriş”
2026-11-13 13:55:00 / Vazirlik yangiliklari

KORRUPSIYAGA QARŞI KURAŞ — UMUMIY MAS’ULIYAT!
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş oyligi doirasida Toşkent şahar Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boşqarmasida navbatdagi seminar-trening va davra suhbati taşkil etildi.
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi tomonidan 10-noyabrdan 10-dekabrgaça “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş oyligi”, “Huquqiy madaniyat oyligi” hamda “Odob-axloq oyligi” ötkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oşiriş, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, xizmat faoliyatida halollik va yuksak odob-axloq tamoyillariga rioya etiş masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Seminar mavzusi: “Kadrlarning korrupsiya illatiga qarşi xulq-atvorini şakllantiriş”
Seminar-trening va davra suhbatida ma’ruzaçi sifatida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Akademiyasi Magistraturasi “Boşqaruv fanlari” kafedrasi professori, polkovnik Qobilov Şarif Rahimoviç iştirok etdi.
Tadbir davomida korrupsiyaning kelib çiqiş sabablari, uning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlaş va oldini oliş, şuningdek, xodimlarning korrupsiyaga qarşi barqaror xulq-atvorini şakllantiriş böyiça fikr va tavsiyalar bildirildi.
Qobilov Şarif Rahimoviç — korrupsiya muammolari böyiça Özbekistondagi ilk professorlardan biri, Turon Fanlar akademiyasi akademigi. Olimning 122 ta kitobi naşr etilgan bölib, uning 2 ta darsligi va 7 ta öquv qöllanmasi “Yilning eng yaxşi darsligi va öquv adabiyoti muallifi” Respublika tanlovida 1-örinni egallagan.
Halollik — kasbiy mas’uliyat mezoni.
Korrupsiyaga qarşi kuraş faqatgina bir taşkilot yoki alohida xodimning emas, balki har birimizning umumiy vazifamizdir.
