Munosabat
2026-10-28 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida paxta terimida ishtirok etgan ayolga 23 kun davomida tergan paxtasi uchun haq to‘lanmagani yuzasidan xabarlar tarqaldi.
Mazkur xabarlar yuzasidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida tarqatilayotgan videotasvirlar avvalgi davrga oid ekani hamda unda aks etgan holat Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lmagani aniqlandi.
Shu munosabat bilan jamoatchilikdan mazkur videotasvirlarni bugungi kundagi holat sifatida talqin qilmaslikni hamda axborot tarqatishda ma’lumotlarning dolzarbligi va aniqligiga e’tibor qaratishni so‘raymiz.
