ZAFAROBODDA SAYYOR QABUL VA MEHNAT YARMARKASI BO'LIB O'TDI
2026-11-02 10:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida Jizzax viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda fuqarolarning bandlik, ish haqlarini undirish, imtiyozli kredit va ssudalar ajratish bilan bog‘liq murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida "Bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi tashkil etilib, mavjud vakansiyalar va "osonish.uz" platformasidan foydalanish imkoniyatlari taqdim etildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N. Muxtorova, viloyat va tuman mas’ullari, ish beruvchilar hamda ish izlayotgan fuqarolar ishtirok etdi.






