“Parvarish iqtisodiyoti” bo‘yicha xalqaro trening o‘tkazilmoqda
2026-11-02 18:30:00 / Vazirlik yangiliklari
2–4-noyabr kunlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda BMTning Ayollar tashkiloti (UN Women) hamkorligida tegishli vazirlik va idoralar vakillari uchun “Parvarish iqtisodiyoti” mavzusida o‘quv treningi tashkil etilmoqda.
Xalqaro ekspertlar ishtirokidagi trening doirasida uy xo‘jaligi va parvarish ishlarining iqtisodiyotdagi o‘rni, gender tengligini ta’minlash, ijtimoiy me’yorlarning ta’siri, parvarish xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilik va mehnat bozori siyosati masalalari muhokama qilinmoqda.
Mashg‘ulotlar xalqaro tajriba va amaliy yondashuvlar asosida olib borilib, parvarish iqtisodiyotini rivojlantirish, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish hamda inklyuziv iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.
