40 TA YO‘NALISHDA VAUCHER ASOSIDA KASB O‘RGANISH MUMKIN
2026-11-02 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan bugungi yig‘ilishida qurilish, sanoat va logistika sohalarida malakali kadrlarga talab ortib borayotgani ta’kidlandi.
Bu borada vaucher tizimi ham muhim imkoniyat yaratadi!
Bugungi kunda fuqarolar vaucher asosida 40 ta kasb va til yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy ta’lim olishlari mumkin.
Muhimi, vaucher asosida o‘qish faqat o‘quv markazlari bilan cheklanmaydi. Fuqarolar texnikumlarda ham qisqa muddatli kasb-hunar kurslarida tahsil olishlari mumkin.
Vaucher tizimi orqali fuqarolar kasb tanlash, kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklarni egallash imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘qish xarajatlari belgilangan tartibda davlat tomonidan qoplab beriladi.
Maqsad — fuqarolarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, malakali mutaxassislar tayyorlash va ularning ichki hamda tashqi mehnat bozorida munosib ish topishiga ko‘maklashish!
