“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o‘qitish markazlari negizida kasbiy ko‘nikmalar markazlari tashkil etiladi
2024-10-07 10:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Markazlarda:
▪️2025 yil 1 yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o‘qitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar yo‘lga qo‘yiladi;
▪️2025 yil 1 martdan boshlab amaliy kasbiy ko‘nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajriba joriy etiladi;
▪️2025 yil 1 maydan boshlab xalqaro tan olingan ta’lim dasturlari joriy etiladi;
▪️2026 yil 1 yanvarga qadar kasbiy ko‘nikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan o‘tkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) beriladi;
▪️2026 yil 1 iyulga qadar malakali xorijiy tashkilotni jalb qilgan holda xalqaro standartlar bo‘yicha kasbiy malakani baholovchi markaz tashkil etiladi va ushbu markazda xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikatini berish yo‘lga qo‘yiladi.
