ONA TILIMIZ — MILLIY G'URURIMIZ!
2026-10-21 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Qadrli yurtdoshlar!
Sizlarni 21-oktabr — O'zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklayman!
Mamlakatimizda davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish, uni xalqaro miqyosda targ‘ib etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida ham davlat tilida ish yuritish, rasmiy hujjatlar va axborot materiallarida adabiy til me’yorlariga rioya etish, ona tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini saqlash va kelajak avlodlarga bezavol yetkazish har bir fuqaroning burchidir.
Barchangizga bu yo‘lda mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman!
Botir Zaxidov,
O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri.
