O‘zbekiston transport-logistika sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-10-16 18:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Turkmanistonning Ashxobod shahrida Yevropa Ittifoqi ko‘magida Yevropa Ta’lim jamg‘armasi (ETF) tomonidan tashkil etilgan DARYA loyihasi Yuqori darajadagi guruhining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston delegatsiyasiga kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Alisher Muratov rahbarlik qildi.
Uchrashuvda milliy malaka tizimini rivojlantirish, kasbiy standartlarni joriy etish, Litva bilan Code 95 sertifikatlash tizimi, "yashil" ko‘nikmalar va elektr transporti yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, transport-logistika sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash va mintaqada malaka sertifikatlarini o‘zaro tan olish masalalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy "Yo‘l xaritasi" kelishib olindi.




