Dehqonobodning brendi – temirchilik
2026-10-05 13:00:00 / OAV biz haqimizda
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi Dehqonobod mahallasining asosiy drayveri — temirchilik. Bu hunar mahalla aholisi uchun nafaqat kasb, balki barqaror daromad va bandlik manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.
Joriy yilda kichik tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 850 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Shu orqali 65 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Ishsiz fuqarolar tadbirkorlikka jalb etilyapti. Kasb o‘rganishga ehtiyoji borlar esa monomarkazlarda tahsil olib, keyinchalik egallagan yo‘nalishi bo‘yicha ish bilan ta’minlanishiga ko‘mak olyapti.
Tomorqadan qo‘shimcha daromad olish istagidagi oilalar uchun subsidiya asosida uzum ishkomlari barpo etildi.
Dehqonobodda yondashuv oddiy: mahallaning o‘z imkoniyatini ishga solish, yangi daromad manbalarini yaratish va odamlarni faol mehnatga olib kirish.
Batafsil: "Mahalla tayanchi" loyihasining yangi sonida.
