BANDLIK VA INSON KAPITALI BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIK
2026-10-02 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Xiva shahrida O‘zbekiston–Belarus parlamentlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Unda sanoat kooperatsiyasi, qo‘shma investitsiyalar va mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Asosiy maqsad — ikki davlat hamkorligini yangi ish o‘rinlari, aholi daromadlari va inson kapitali rivojiga xizmat qiladigan amaliy loyihalar bilan boyitish.
Yalpi majlisda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva O‘zbekistonda bandlikni kengaytirish, daromadlarni oshirish va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha yondashuvlarni taqdim etdi.
Forumda mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, qo‘shma loyihalarni kengaytirish, kadrlar tayyorlash va ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Forum doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Belarus Respublikasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ikki vazirlik o‘rtasida imzolangan ushbu memorandum mehnat va bandlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish, mehnat qonunchiligini takomillashtirish, aholi bandligiga ko‘maklashish, mehnatni muhofaza qilish, sohani raqamlashtirish hamda kasbiy malaka standartlarini rivojlantirishga qaratilgan.
