Munosabat
2026-09-24 15:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy tarmoqlarda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi “Ahadjon Ibragimov” tomonidan qoldirilgan postda Hamkorbank ofislarida mehnat qonunchiligi qoʻpol ravishda buzilgan holda, xodimlarning ish vaqti ish kunlari soat 9:00-20:00, shanba kuni esa 9:00-13:00 etib belgilangani tanqid qilingan, holatni mutasaddi idoralar tomonidan oʻrganish soʻralganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qilamiz.
