Munosabat
2026-09-24 10:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy tarmoqlarda Bugungi kunda xususiy sektorga oid korxonalarda, ayniqsa trikotaj fabrikalarida ishchilarning qonun bilan belgilab qoʻyilgan huquqlari buzilayotgani, bu ish vaqtining belgilangan normalardan yuqoriligidan tortib mehnat taʼtillarining berilmasligigacha boʻlgan koʻplab muammolarni qamrab olishi, yaratilayotgan ish oʻrinlarining sifati mehnat qonunchiligiga nechogʻlik monandligi masalasini mamlakat miqyosida jiddiy koʻrib chiqish zarurligi, tadbirkorlarga koʻplab imtiyozlar berilgan boʻlsa-da, tarozining ikkinchi pallasida ayollarning qonuniy haq-huquq va imtiyozlari turganligi haqida soʻz borganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qilamiz.
