Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qiling!
2024-09-24 17:15:00 / Vazirlik yangiliklari

Hududlarda paxta yig‘im-terimida ishtirok etayogan terimchilarni mehnat sharoitlari, majburiy hamda bolalar mehnatini oldini olish, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va murojaatlarni o‘rganish, shuningdek, mehnat munosabatlarini amalga oshirishda shartnoma va kelishuv hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan ishchi guruhlar tashkil etilgan.
Bugungi kungacha 100 dan ortiq ob’yektda (20 ta klaster va 92 ta fermer xo‘jaliklarda) monitoring ishlari olib borildi. Targ‘ibot va tushuntirish ishlari davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, vazirlik tomonidan "1282" qisqa raqami hamda @munosibmehnat_bot ishga tushirilgan edi.
✔️2024-yil 23-sentyabr holatiga 33 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
▪️ishonch telefoniga – 8 ta;
▪️telegram bot orqali – 26 ta;
▪️ijtimoiy tarmoqlar orqali – 4 ta.
🔴Mazkur murojaatlarning asosiy qismi teriladigan paxtaning 1 kg uchun to‘lanadigan pul mablag‘i bilan bog‘liq bo‘lib, bu bo‘yicha mutaxassislar terimchilarga kerakli tushuntirishlar bergan.
👉🏻Paxta egalari ya’ni ish beruvchilar uchun tavsiyaviy video




