VAUCHER TIZIMI ORQALI KASB VA XORIJIY TILLARNI O‘RGANISH IMKONIYATI
2026-09-25 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugungi kunda fuqarolarning zamonaviy kasb va xorijiy tillarni o‘rganishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida vaucher tizimi amal qilmoqda.
Kimlar vaucher olishi mumkin?
- ishsiz fuqarolar;
- ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila a’zolari;
- rasmiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolar.
Vaucher olish uchun qayerga murojaat qilinadi?
- tuman yoki shahar bandlik bo‘limlariga;
- MFYdagi hokim yordamchilariga;
- ecosys.mehnat.uz platformasi orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin.
Vaucher tizimida ishtirok etuvchi ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri shakllantirilgan. Fuqarolarga kasb yoki xorijiy tilni o‘rganish uchun vaucherdan bir martalik foydalanish huquqi beriladi.
Ta’lim sifati qanday nazorat qilinadi?
O‘quv jarayonida ta’lim sifati va tinglovchilarning davomati CRM dasturi orqali avtomatik nazorat qilinadi. Shuningdek, o‘quv kurslarini tamomlagan fuqarolarning keyingi ishga joylashish natijalarini monitoring qilish mexanizmi joriy etilgan.
O‘quv kurslari yakunida ecosys.mehnat.uz dasturiy ta’minotiga joylashtirilgan test topshiriqlari asosida yakuniy imtihon o‘tkaziladi. Yakuniy imtihonda kamida 71 ball to‘plagan tinglovchi kursni muvaffaqiyatli tamomlagan hisoblanadi va unga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Yangi yo‘nalishni vaucher tizimiga kiritish masalasi Vazirlikda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tasdiqlangan yo‘nalish ecosys.mehnat.uz platformasiga kiritilib, Vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Kasblar ro'yxati bilan tanishish uchun bosing
Murojaat uchun telegram bot: https://t.me/Vaucher_MurojaatBot
