Tadbirkor ayollar uchun yangi imkoniyatlar
2026-09-25 10:00:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda HAMROH kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida hududlarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni o‘qitish, maslahat bilan ta’minlash va biznesini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shma dasturlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, mehnat migratsiyasidan qaytgan xotin-qizlar hamda tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolar uchun trening va konsultatsiyalar tashkil etiladi.
Tomonlar qo‘shma seminar, trening va forumlar o‘tkazish, ilg‘or tajriba va bozor tahlillari bilan almashish hamda xotin-qizlar boshchiligidagi bizneslarni targ‘ib qilish bo‘yicha hamkorlik qiladi.



