Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi kunlik mehnat markazlari binolaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlikka taklif
2026-09-17 15:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar hamda Shahrisabz shahrida joylashgan kunlik mehnat markazlarining binolarini tadbirkorlik subyektlariga berish bo‘yicha e’lon
Ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirish hamda barqaror bandligini ta’minlash maqsadida samarasiz foydalanilayotgan kunlik mehnat markazlarining mavjud bino-inshootlari negizida, xususiy sektorni jalb qilgan holda, yangi xizmat ko‘rsatish obyektlari hamda kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Mazkur tashabbus quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:
· ishsiz va kam ta’minlangan aholini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitish;
· qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali aholining bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
· davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish;
· hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va xizmatlar hajmini kengaytirish;
· mahalliy mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kasbiy ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish.
Ushbu yo‘nalishda:
· tadbirkorlik subyektlari,
· xususiy ta’lim va o‘quv markazlari,
· xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar,
· investorlar va tashabbuskorlar
hamkorlikka taklif etiladi.
Hamkorlik doirasida:
- bino-inshootlarni samarali foydalanish asosida o‘zlashtirish,
- kasb-hunarga o‘qitish kurslarini tashkil etish,
- ish o‘rinlari yaratish,
- xizmat ko‘rsatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Qiziqish bildirgan shaxslar va tashkilotlar belgilangan tartibda o‘z taklif va tashabbuslarini taqdim etishlari mumkin.
Mazkur loyiha aholining daromad manbalarini oshirish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.
Murojaat uchun: Tel 71 203 01 40 (ichki raqam - 752)
