Germaniya temir yo‘llari ("Deutsche Bahn”) uchun mutaxassislar tayyorlanadi
2024-09-17 21:10:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Germaniyaning “DB Engineering Consulting Operations Group” kompaniyasi o‘rtasida ayni maqsadga qaratilgan bayon imzolandi.
"Deutsche Bahn” - Germaniyaning asosiy temir yo‘l operatori sanaladi. 100% davlat ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyati. Kompaniyaning umumiy aylanma kapitali 76 mlrd 303 million yevroni tashkil qiladi.
Endilikda Germaniyada transport, muhandislik sohalarida ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz ushbu davlat standartlari asosida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Transport vazirliklari qoshidagi kasbiy ta’lim muassasalarida germaniyalik mutaxassislar tomonidan til va kasbga o‘rgatiladi.
“Germaniya temir yo‘l transporti, avtobus, metropoliten tizimi uchun mutaxassislarga ehtiyojimiz baland va ularni nemis standartlari asosida O‘zbekistonda o‘qitib, kasb va til imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni esa “Deutsche Bahn” tarmog‘iga ishga joylashtirishga tayyormiz”,– dedi Niko Varbanoff