65 yoshda boshlangan muvaffaqiyat tarixi
2026-09-05 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Unga ming martalab "yo‘q" deyishdi. U esa to‘xtamadi...
Bugun dunyoga mashhur KFC (Kentucky Fried Chicken) brendi asoschisi Harland Sanders oʻz retseptini sotishdan oldin 1009-marta rad javobini olgan. Ammo u o‘z g‘oyasidan voz kechmadi. Vanihoyat, 1010-urinishda birinchi hamkorni topdi!
U 40 yoshida o‘zining qovurilgan tovuq retseptini rivojlantira boshladi. 65 yoshida esa yangi imkoniyat izlab, restoranlar bo‘ylab safarga chiqdi.
Hech qachon kech emasligiga ishonish
Aksariyat insonlar 65 yoshda nafaqaga chiqib, orzu-umidlari so‘na boshlaydi. Sanders esa bu yoshni yangi hayotning boshlanishi deb bildi. U muvaffaqiyat yoshga emas, balki gʻoyaga boʻlgan ishonch va harakatda ekanligini isbotladi.
Natija esa bugun butun dunyoga ma’lum..
Bugungi kichik qadamingiz ertangi katta natijaning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Harakat qilishdan to‘xtamang, mavjud imkoniyatlardan foydalaning, zero, muvaffaqiyat o‘z-o‘zidan kelmaydi.
