Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak
2026-09-07 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Hisob-kitob xodimga:
- oxirigacha olinmagan ish haqini;
- xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta'tillar uchun kompensatsiyalarni;
- agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.
Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.
Agar xodim mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ishlamagan bo‘lsa, tegishli summalar hisob-kitob qilish to‘g‘risida xodim tomonidan talab qo‘yilganidan keyin uch kundan kechiktirmay to‘lanishi kerak.
