18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun mehnat taʼtili
2026-09-08 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
☑️18 yoshga to‘lmagan xodimlarga har yili kamida 30 kalendar kunlik mehnat taʼtili beriladi.
☑️Ular taʼtilni o‘zlari uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda olish huquqiga ega.
☑️Agar ish yili davomida xodim 18 yoshga to‘lsa, taʼtil kunlari 18 yoshgacha va undan keyingi ishlangan vaqtga mutanosib hisoblanadi.
18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
