TANLOV E’LONI
2026-08-26 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari
“Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi” MChJ Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Paxtaobod mahallasi hududida joylashgan 7,89 gektar ochiq maydonda issiqxona sharoitida atirgul g‘unchasini yetishtirish loyihasi doirasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda xodimlarga konsalting, maslahat va o‘quv-trening xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlovning maqsadi
Tanlovning asosiy maqsadi atirgulchilik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi rahbar va mutaxassislarni atirgul g‘unchasini yetishtirishning zamonaviy texnologiyalari, issiqxona xo‘jaligini samarali boshqarish, sug‘orish va fertigatsiya tizimlari, issiqxona mikroiqlimini boshqarish, o‘simliklarni himoya qilish, mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘qitish hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Tanlovda ishtirok etish talablari
Tanlovda atirgul g‘unchasini yetishtirish, zamonaviy issiqxona texnologiyalari, agrotexnologik konsalting, maslahat va o‘quv-trening xizmatlarini ko‘rsatish sohasida tegishli tajriba va malakaga ega bo‘lgan mahalliy hamda xorijiy yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilar tanlov hujjatlarida belgilangan kvalifikatsion va texnik talablarga muvofiq texnik va tijorat takliflarini belgilangan muddatda taqdim etishlari lozim.
Tanlov ishtirokchilarining takliflari texnik, professional va moliyaviy mezonlar asosida 100 ballik tizimda baholanadi.
Tanlov g‘olibi tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga to‘liq javob bergan hamda baholash natijalariga ko‘ra eng yuqori umumiy ball to‘plagan ishtirokchi orasidan aniqlanadi.
Takliflarni taqdim etish muddati
2026 yil 4 sentyabr, soat 18:00 gacha.
Tanlov ishtrok etish uchun hujjatlari:
- Texnik topshiriq;
- Tanlov hujjatlarida nazarda tutilgan kvalifikatsion hujjatlar;
- Tijorat (narx) taklifi
- Shartnoma (kontrakt) loyihasi.
Takliflarni qabul qilish manzili
Qog‘oz shaklida: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 8-uy.
Elektron shaklda: tender_markaz@mail.ru
Qo‘shimcha ma’lumot
Tanlov hujjatlari, texnik topshiriq va shartnoma loyihasi mazkur e’longa ilova qilinadi.
Buyurtmachi:
“Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi" MChJ.
