Amaliyot — bepul ishlash degani emas!
2026-08-24 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Kasbiy amaliyot yoki stajirovka o‘tayapsiz. Bunday holatda mehnatingiz uchun haq to‘lanadimi?
Mehnat kodeksining 372-moddasiga ko‘ra, agar siz o‘quv rejasi asosida tashkilotdagi vakant lavozimga qabul qilingan bo‘lsangiz va shu yerda kasbiy tajriba orttirayotgan bo‘lsangiz, bu haq to‘lanadigan amaliyot yoki stajirovka hisoblanadi.
Bunday holatda:
🔹 muddatli mehnat shartnomasi tuziladi;
🔹 rahbaringiz belgilanadi;
🔹 bajarayotgan mehnatingiz uchun ish haqi to‘lanadi.
Agar vakant lavozimga qabul qilinmagan va mehnat shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, amaliyot haq to‘lanmaydigan bo‘lishi mumkin.
Batafsil videoda.
