Bog‘bonning yillik daromadi 400 mln so‘mga yetdi
2026-08-24 17:10:00 / OAV biz haqimizda
Fargʻona viloyati Quvasoy shahri Bogʻbon mahallasida yashovchi tadbirkor-agronom Asomiddin Soliyev samarasizlashgan gilos bogʻi oʻrnida maymunjon yetishtirib, oʻziga xos tajriba yaratdi.
Endilikda u nafaqat hosil yigʻishtirmoqda, balki sifatli koʻchatlar yetishtirib, yangi maymunjon bogʻlarini barpo etishga va aholi daromadlarini oshirishga hissa qoʻshmoqda.
