Ish joyidagi zo‘ravonlik — mehnat xavfsizligi masalasi
2026-08-13 19:40:00 / Vazirlik yangiliklari
#qonunchilik
Mehnat xavfsizligi — bu faqat texnik xavflardan himoyalanish emas. Tazyiq, zo‘ravonlik va psixosotsial xavflarning oldini olish ham xavfsiz mehnat muhitining muhim qismidir.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda ish beruvchining xodimlar uchun qulay mehnat va dam olish sharoitlarini yaratishi, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning har qanday shaklda namoyon bo‘lishining oldini olish bo‘yicha vazifalari belgilangan.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 706-son qarori bilan Davlat mehnat inspeksiyasiga ushbu yo'nalishda ham davlat nazoratini amalga oshirish vakolati berilgan.
Bu esa mehnat xavfsizligi masalalariga zamonaviy yondashuvni — yangi xavflarni, jumladan, ish joyidagi tazyiq, zo‘ravonlik va psixosotsial xavflarni aniqlash, baholash va ularning oldini olishga e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Xodimning xavfsizligi — bu faqat uskuna, elektr, balandlik yoki boshqa jismoniy xavflardan himoyalanish emas. Psixologik jihatdan xavfsiz va zo‘ravonlikdan xoli mehnat muhiti ham mehnat xavfsizligining ajralmas qismidir.
