Sun’iy intellektga ham ustoz kerakligini bilarmidingiz?
2026-08-14 11:40:00 / Vazirlik yangiliklari
#Kelajak_kasblari
AI MURABBIY
AI murabbiy — sun’iy intellektni "o‘qitish", uning javoblarini tekshirish va xatolarini aniqlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
U nima ish qiladi?
AI bergan javoblarni baholaydi, turli topshiriqlar orqali uni sinovdan o‘tkazadi va modelning insonlar bilan yanada to‘g‘ri va samarali muloqot qilishiga yordam beradi.
Bu kasb kimlar uchun mos?
Agar siz:
- tahlil qilishni yaxshi ko‘rsangiz;
- tillarga qiziqsangiz;
- mayda detallarga e’tiborli bo‘lsangiz;
- texnologiyalar bilan ishlashni istasangiz —
bu kasb siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin.
Nimani o‘rganish kerak?
Tanqidiy fikrlash, raqamli savodxonlik, muharrirlik bilim-mahorati va AI vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi.
Sun’iy intellekt rivojlangani sari uni nazorat qiladigan, baholaydigan va takomillashtiradigan mutaxassilarga ham ehtiyoj ortib boradi.
