Ilg‘or tajriba — samarali boshqaruv sari muhim qadam
2026-08-18 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga muvofiq, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ish yuritish, murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomiga mas’ul xodimlari uchun vazirlik va idoralarda amaliy stajirovkalar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Navoiy viloyati hokimligi hamda tuman-shahar hokimliklarining mas’ul xodimlari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida amaliy stajirovka o‘tadilar.
Stajirovka davomida ishtirokchilar:
☑️ ish yuritishni samarali tashkil etish;
☑️ jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash;
☑️qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari bajarilishini ta’minlash;
☑️ hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
☑️ arxiv ishini yuritish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rgandilar.
Kelgusida ham bu kabi amaliyotlarni muntazam tashkil etish va samarali ish usullarini hududlarda keng joriy etish ko‘zda tutilmoqda.





