Ta’lim ustalari uchun rag‘batlantiriladigan so‘rovnoma
2026-08-14 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Vaucher tizimidagi kasbiy yo‘nalishlar o‘quv dasturlarini takomillashtirishda Sizning fikringiz muhim!
Vaucher tizimi asosida tashkil etilayotgan kasbiy yo‘nalishlarning o‘quv dasturlarini mehnat bozori talablariga yanada moslashtirish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida ta’lim ustalari uchun ushbu so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Sizning kasbiy tajribangiz, asosli fikr va amaliy takliflaringiz o‘quv dasturlarini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Eng sifatli va amaliy ahamiyatga ega takliflar munosib sovg‘alar bilan rag‘batlantiriladi!
So‘rovnomada faol ishtirok etib, o‘z fikr va takliflaringizni bildiring!
