#KelajagimMehnatim chellenjiga start beriladi!
2026-08-05 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning bunyodkor kuchi. O‘z mehnati, kasbi va intilishi bilan jamiyat rivojiga hissa qo‘shayotgan faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida #KelajagimMehnatim chellenji e'lon qilinadi.
Ishtirok etish shartlari:
- O‘zingiz egallagan kasb, ish joyingiz yoki tadbirkorlik faoliyatingiz haqida 30–60 soniyalik videorolik tayyorlang;
- Videoda "Mening kelajagim – mehnatim bilan bunyod bo‘ladi!" g‘oyasini yoritib bering;
- Videoni ijtimoiy tarmoqlarga #KelajagimMehnatim heshtegi bilan joylashtiring;
- Do‘stlaringizdan kamida 3 nafarini chellenjda ishtirok etishga chorlang.
Chellenjning maqsadi
- Mehnatning qadrini targ‘ib qilish;
- Kasb-hunar egalarining mehnatini e'tirof etish;
- Yoshlar o‘rtasida bandlik va tadbirkorlikni ommalashtirish;
- Zamonaviy kasblarga qiziqishni oshirish.
Eng mazmunli va kreativ videolar vazirlikning rasmiy axborot resurslarida e'lon qilinadi.
Kelajagingizni bugundan mehnatingiz bilan yarating!
#KelajagimMehnatim #Bandlik #Yoshlar #MehnatQadri #KambagallikniQisqartirish
