Mehnat kodeksiga muvofiq, ish beruvchining bandlik va ishga joylashtirish sohasida quyidagi majburiyatlari mavjud:
2026-08-05 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari

🔹 Xodimlarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida belgilangan tartibda axborot taqdim etish (MK 166-modda);
🔹 Ishga qabul qilishni qonunga xilof ravishda rad etishga yo‘l qo‘ymaslik (MK 119-modda);
🔹 Belgilangan kvotalar asosida shaxslarni ishga joylashtirish (MK 99-modda);
🔹 Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida xodimni oldindan ogohlantirish (MK 165-modda);
🔹 Xodimning ish o‘rnini boshqa ishga o‘tkazish orqali saqlab qolish chorasini ko‘rish (MK 144-modda);
🔹 Alohida hollarda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga ishga joylashguncha o‘rtacha oylik ish haqini saqlash (MK 100-modda);
🔹 Taklif etilgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan kafolatlarni taqdim etish (MK 101-modda);
🔹 102-modda asosida alohida asoslarga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan xodimlarni qayta ishga qabul qilish choralarini ko‘rish;
🔹 Jamoa shartnomasi yoki kelishuvlarga muvofiq qo‘shimcha kafolatlar taqdim etish.
Shuningdek, ish beruvchi bandlik va ishga joylashtirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarga ham ega.
