❓ Savol: O‘zining xabarisiz biror MCHJga ishga kiritilgan fuqaro: “Menga bepul ish staji yozilyapti, pensiya jamg‘armamga pul tushyapti”, deb o‘ylashi mumkin.
2026-08-05 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Aslida-chi? Bu fuqaro uchun qanday xavf-xatarlarni keltirib chiqaradi?
✅ Javob: Agar sizning xabaringiz va roziligingizsiz ma'lumotlaringiz Yagona milliy mehnat tizimiga "ishlayapti" deb kiritilgan bo'lsa, bu jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Jumladan:
▪️ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tishda muammo yuzaga kelishi;
▪️ijtimoiy nafaqa va imtiyozlar olishga ta’sir qilishi;
▪️soliq va daromad ma’lumotlarida nomuvofiqlik paydo bo‘lishi;
▪️mehnat faoliyati, pensiya staji va badallar bo‘yicha tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.
👉 Tizimda "ishlayapti" degan yozuv pensiya jamg‘armasiga pul tushyapti yoki haqiqiy ish staji hisoblanmoqda, degani emas.
📞 Bu kabi muammoli vaziyatlarga duch kelsangiz, ushbu manzillarga murojaat qiling!
