Munosabat
2026-07-14 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Ijtimoiy tarmoqlarda jamoatchilik faoli “Kamola Alieva”ning botiga 32 haftalik homilador ayoldan murojaat kelgani, unda, vazirlikda ishlaydigan turmush oʻrtogʻi rafiqasida muddatidan oldin tugʻruq xavfi yuzaga kelgani sababli uning yonida qolgan holat haqida rahbariyatini oldindan xabardor qilganiga qaramay, u ishdan boʻshatilgani boʻyicha post qoldirilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qilamiz.
