"Mehnat kodeksiga sharh" loyihasi taqdimoti
2026-07-22 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

☑️Forum doirasida mehnat qonunchiligini keng jamoatchilik uchun yanada ochiq va tushunarli qilishga qaratilgan "Mehnat kodeksiga sharh" elektron loyihasi taqdim etildi.
☑️Sessiyada loyiha yaratilishining maqsadi, uning amaliy ahamiyati hamda elektron platformaning funksional imkoniyatlari namoyish etildi.
☑️Loyiha Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi moliyaviy ko‘magida ishlab chiqilgan.
📘 Elektron platforma Mehnat kodeksi normalarini sodda va tushunarli sharhlash, qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tezkor yoritish hamda mehnat munosabatlari ishtirokchilarining huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.
🤝 Sessiyada mehnat huquqi bo‘yicha mutaxassislar hamda forum ishtirokchilari loyiha yuzasidan fikr almashib, uning amaliy ahamiyatini muhokama qilmoqda.
Quyidagi havola orqali sharhdan foydalanishingiz mumkin:
➡️ e-kodeks.uz




