Forum davom etmoda: "Innovatsion HR boshqaruvi"
2026-07-22 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

☑️Forum doirasida inson resurslarini boshqarish sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, raqamli transformatsiya va xalqaro tajribaga bag‘ishlangan "Innovatsion HR boshqaruvi" panel sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
☑️Sessiyada "HR-o‘quv" platformasining maqsadi va funksional imkoniyatlari, O‘zbekistonda CIPD xalqaro standartlarini joriy etish istiqbollari hamda HR sohasida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda.
☑️Xususan, davlat xizmatchilari faoliyatini samaradorlik asosida baholash mexanizmlari, biznesning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji, xodimlarni tanlash va boshqarishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, mehnat bozoridagi ko‘nikmalar tanqisligini bartaraf etish bo‘yicha ilg‘or tajriba va amaliy yechimlar taqdim etilmoqda.


