Korrupsiyaga qarshi kurashishda raqamli yechimlar muhokama qilindi
2026-07-14 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan sohada shaffoflikni taʼminlash hamda xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Unda vazirlik tizimidagi Xodimlar malakasini oshirish markazi, Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti hamda Yangihayot tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi xodimlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida "Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish" mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.


