Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari uchun yangi imkoniyatlar
2026-07-10 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda “Oʻzbekistonda tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklarining iqtisodiy salohiyati va samaradorligini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirmoqda.
Loyiha tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklarining daromadlarini oshirish, qishloq joylarda bandlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.
Loyiha Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlarida amalga oshiriladi. Dastlabki tadbirlar 8–14-iyul kunlari Toshkent viloyatida oʻtkazilmoqda.
Ushbu tadbirlar doirasida dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari, fermerlar, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlovchilar, kooperativ rahbarlari, hokim yordamchilari hamda boshqa mahalliy ishtirokchilar uchun kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlari boʻyicha axborot-tushuntirish uchrashuvlari va oʻquv seminarlar tashkil etilmoqda.
