Ish haqi qachon va qanday tartibda to‘lanishi kerak?
2026-07-10 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Mehnat qonunchiligiga ko‘ra:
- Ish haqi to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasida belgilanadi.
- Ish haqi har yarim oyda kamida bir marta to‘lanishi, to‘lovlar orasidagi tanaffus esa 16 kundan oshmasligi kerak.
- Agar ish haqi to‘lanadigan sana dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, u ushbu kun arafasida to‘lanadi.
- Xodimga tegishli ish haqining o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi boshqa to‘lovlar yoki ularning navbatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas.
Ish haqini kechiktirgan ish beruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy javobgar bo‘ladi.
Batafsil
