O‘z biznesingizni boshlamoqchisiz, ammo mablagʻ yetmayaptimi?
2026-07-08 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

#imtiyoz
“Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan fuqarolar uchun 20 mln 600 ming so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
Ssuda — qaytariladigan yordam hisoblanadi. Fuqaroga naqd pul emas, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna beriladi.
Asbob-uskunalar ro'yxati bilan bu yerda tanishing.
Muddati: 6 oydan 3 yilgacha.
Ariza berish: online-mahalla.uz
Asbob-uskunani tanlash: smart-market.uz orqali.
Jarayon yakunlangach, tanlangan asbob-uskunalar bir necha kun ichida fuqaroga yetkazib beriladi.
Batafsil ma’lumot: (71) 238-69-00, ichki raqam: 3359
