Pop tumanida 107 gektar maydonda zamonaviy intensiv bog‘ barpo etildi
2026-07-06 17:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi hamkorligida aholi bandligini ta'minlash va qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarini rivojlantirish maqsadida Namangan viloyatining Pop tumanida 107 gektar maydonda sanoatlashtirilgan intensiv bog‘ tashkil etildi.
Loyiha doirasida xorijdan keltirilgan yuqori hosildorlikka ega, eksportbop 60 mingga yaqin mevali ko‘chat ekildi:
- O‘rik–32 990 tup (50 gektar);
- Shaftoli–16 989 tup (26 gektar);
- Gilos–9 591 tup (15 gektar).
Mazkur loyiha qishloq xo‘jaligida zamonaviy bog‘dorchilikni rivojlantirish bilan birga, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud aholisi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
