Narpayda sayyor qabul: har bir murojaat eʼtiborda
2026-07-04 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra'no Turdiboyeva tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida Narpay tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur qabul davomida murojaatchilarning bandlik, ish haqlarini undirish, kasbga o‘qitish, imtiyozli kredit va ssudalar ajratilishi bilan bog'liq muammolari nazoratga olindi va ijobiy hal etildi.
Bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish, ularning turmush farovonligini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



