Bugundan pensiya va nafaqalar miqdori 7 foizga oshirildi
2026-07-01 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Prezidentimizning PF-115-son Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar, nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdori 7 foizga oshirildi.
🔹 Yoshga doir eng kam pensiya — 983 000 so‘m.
🔹 Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 083 000 so‘m.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun bolalar nafaqasi:
▫️3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun — 386 000 so‘m;
▫️3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun — 295 000 so‘m;
▫️oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 177 000 so‘m;
▫️oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 118 000 so‘m.
🔹 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun moddiy yordam — 450 000 so‘m.
Shuningdek:
2026-yil 1-sentabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshiriladi;
2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 504 000 so‘m etib belgilandi.
