Ish haqi saqlanmaydigan ta’til qachon majburiy beriladi?
2026-06-25 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Mehnat kodeksining 241-moddasiga koʻra:
Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil (“без содержания”) faqat xodim arizasiga koʻra berilishi mumkin.
Bu ish beruvchi uchun majburiy emas.
Lekin, xodimning xohishiga koʻra ish haqi saqlanmaydigan taʼtil quyidagilarga majburiy tartibda beriladi:
▫️I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — 14 kalendar kungacha;
▫️2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolani parvarishlayotgan ona yoki ona oʻrnini bosuvchi shaxsga — 1 yilgacha;
▫️12 yoshga toʻlmagan 2 va undan ortiq bolani yoki 16 yoshga toʻlmagan nogiron bolani tarbiyalayotgan ona yoki ona oʻrnini bosuvchi shaxsga — 14 kalendar kungacha.
Shuning uchun ish haqi saqlanmaydigan taʼtilni berish faqat maʼlum toifalarda majburiy hisoblanadi.
