O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish borasidagi tajribasi BMT minbarida taqdim etildi
2026-06-20 11:15:00 / Vazirlik yangiliklari

BMTning Ijtimoiy va hamjihatlik iqtisodiyoti (SSE) bo‘yicha Do‘stlar guruhi ochilish yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zaxidov ishtirok etdi.
Vazir o‘z nutqida mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, aholini iqtisodiy faollikka jalb etish, munosib ish o‘rinlarini yaratish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda xalqaro hamkorlikning o‘rni muhimligi qayd etildi.



