Davlat fuqarolik xizmatchilarining ish vaqti: asosiy qoidalar
2026-06-23 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
🔹Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun 5 kunlik ish haftasi belgilanadi. Haftalik ish vaqti 40 soatdan oshmasligi kerak.
🔹 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor ota-onalardan biri (yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs) uchun ish vaqti haftasiga 35 soatdan oshmaydi.
🔹Xizmat xususiyatidan kelib chiqib, ayrim hollarda 6 kunlik ish haftasi ham belgilanishi mumkin.
🔹Belgilangan ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish — ish vaqtidan tashqari ish hisoblanadi.
🔹Ish vaqtidan tashqari ish uchun xodimga kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lash yoki ortiqcha ishlagan vaqtiga teng qo‘shimcha dam olish vaqti berish kafolatlanadi.
🔹Favqulodda vaziyatlarda davlat fuqarolik xizmatchisi roziligisiz ham ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etilishi mumkin.
Batafsil
